Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Skott MakTomini – Sentabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi!

03.10.2019, 17:11

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Skott MakTomini muxlislar tomonidan jamoaning yakuniga yetgan sentabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, 22 yoshli shotlandiyalik futbolchi muxlislarning 48% ovoziga sazovor bo‘lgan. Keyingi o‘rinlar esa Meyson Grinvud (30%) hamda Deniel Jeymslarga (22%) nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, Skott sentabr oyida Premer Liganing 3 ta uchrashuvida maydonga tushdi va raqiblari darvozasini 1 marta ishg‘ol etdi.

Skottni tabriklaymiz!

Manba: www.manutd.com

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты