Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Desham Pogbaning Yevro-2020 saralash o‘yinlariga nega chaqirilmaganini aytdi

04.10.2019, 05:33

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham yarim himoyachi Pol Pogba jarohati sababli Yevro-2020 saralash o‘yinlariga chaqirilmaganini aytdi.

«Uning to‘pig‘ida muammolar bor. U Liga Kubogida va «Arsenal» bilan o‘yinda maydonga tushdi. So‘ng yana muammolarga duch keldi. Shu sababli u 3 haftani o‘takazib yuboradi.

Men uning xuddi boshqa chaqirilgan futbolchilar singari safimizda bo‘lishini xohlardim», – deydi Desham.

Fransiya milliy jamoasi Yevropa chempionati saralashi doirasida 11 oktabr kuni Islandiya bilan, 14 oktabr kuni Turkiya bilan o‘ynaydi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
04.10

Hafa bulmasin deb shunaqa deganda, Desham kurib turibdi pogba 1 tiyenga qimmatligini shunga chaqirmagan.
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты