Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» 30 yillik antirekordini qayd etdi

04.10.2019, 07:18

Yevropa Ligasining 2-turida «Manchester Yunayted» mehmonda «AZ Alkmaar» jamoasi bilan nursiz 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Sulsher shogirdlari barcha turnirlardagi mehmonda o‘tkazgan so‘nggi 10 ta uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi (4 ta durang, 6 ta mag‘lubiyat).

Bu «MYu»ning 1989 yildan buyon qayd etgan eng yomon seriyasi. Bundan 30 yil avval, «qizil-iblislar» ketma-ket 11 ta mehmondagi uchrashuvda g‘olib bo‘la olmagan edi.

«Manchester Yunayted» so‘nggi bor shu yilning mart oyida, Chempionlar Ligasi doirasida PSJ mehmoni bo‘lib, 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Manba: www.sports.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты