Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ouen: «Bu – so‘nggi 10 yillikdagi eng yomon «MYu», jamoa APLda oltilikka ham kira olmaydi»

04.10.2019, 16:21

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Maykl Ouen jamoaning Yevropa Ligasining 2-turidan o‘rin olgan AZga qarshi o‘yinidan (0:0) so‘ng fikr bildirdi.

«Shuni aytishim mumkinki, «MYu» – o‘rtacha darajadagi jamoa. Shaxsan men ular ushbu mavsumda kuchli oltilikka kirishadi deb o‘ylamayman.

Ehtimol, ular o‘ntalikdan o‘rin olishlari mumkin, ammo biz bu haqida gapirayotganimiz tashvishli emasmi? Bu Fergyuson ketganidan beri, so‘nggi 10 yillikdagi eng yomon «MYu» bo‘lishi kerak, shunday emasmi?

Shuni ta’kidlashni istardimki, Ole-Gunnar Sulsher ko‘p jihatdan o‘z jamoasini qasddan zaiflashtirdi. U Lukaku, Darmian, Sanches, Smolling kabi o‘yinchilardan xalos bo‘ldi. U ushbu futbolchilar hozirgi jamoani yaxshilashi mumkinligini biladi, ammo, menimcha, bir qadam orqaga qaytish va so‘ng olg‘a siljish kerak. Sulsher noldan boshlashga qaror qildi», – deydi Ouen.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
05.10

Гапида жон бор

  [off]
04.10

owen sani kalenga qutagim jamodi xolatini sandan yaxshiroq bilamiz von atsudaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты