Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Vest Xem» «MYu» uchun Deklan Rays narxini tushirdi

04.10.2019, 18:02

«Manchester Yunayted» klubi «Vest Xem» yarim himoyachisi Deklan Rays xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

The Sun xabariga ko‘ra, «bolg‘achilar» 20 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, ammo kamida 80 million funt evaziga. Bir oy oldin bu qiymat 100 million funtga teng edi.

Bu mavsumda Rays APL doirasida 7 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 marta ogohlantirilgan.

Avvalroq, «Manchester Yunayted» hujum chizig‘ini Kallum Uilson yoki Mario Manjukich bilan kuchaytirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar
a

  admin [off]
05.10

Bu bolani o'yinlarini ko'rmaganman. Lekin, markazga yaxshi o'yinchi kerakligi aniq. Fred umuman o'yinchimas, Matich ham tamom bo'libdi. Bu o'yinchilardan iloji boricha tezroq qutulish kerak.

  [off]
05.10

Бунча кииммат

  [off]
04.10

Bu pulga dibalani beradi ku
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты