Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ouen va Xargrivz Fredning o‘yinini tanqid qilishdi

05.10.2019, 06:53

«Manchester Yunayted» sobiq o‘yinchilari Maykl Ouen va Ouen Xargrivz «qizil iblislar» yarim himoyachisi Fredning o‘yinini tanqid qilishdi.

Xargrivz Fredning «Shaxtyor»dagi o‘yinini esladi:

«O‘ylaymanki, u yaxshi o‘yinchi, lekin nimaga bunaqa o‘ynayotganini tushunmayapman. U «Shaxtyor»da ajoyib o‘ynar edi, shuning uchun «Manchester Siti» uni sotib olmoqchi edi. Bularning hammasi qayerga ketdi?

Ouen uning qaysi pozitsiyaga ko‘proq mos tushishini taxmin qilib ko‘rdi:

«Men uchun u o‘rta darajadagi o‘yinchi. U himoyaga yaqin o‘ynasa yaxshi bo‘lar edi. U ko‘proq yarim himoyadan ko‘ra tayanch pozitsiyasiga mos tushadi».

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты