Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» futbolchisi: «AZ Alkmaar»ga qarshi o‘yindagi durang – jamoa uchun yaxshi natija»

05.10.2019, 07:16

«Manchester Yunayted» himoyachisi Diogo Dalot Yevropa Ligasi doirasidagi «AZ Alkmaar»ga qarshi o‘yindan (0:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Mehmondagi bir ochko – «MYu» uchun yaxshi natija. Qiyin bo‘ldi, ammo biz yomon o‘ynamadik. Jamoa tarkibida ko‘plab yosh futbolchilar bor.

Shu bilan birga himoyada ishonchli o‘ynadik va durangga erishdik.

Biz – «Manchester Yunayted»miz. Bizning maqsadimiz yuqoriroq bo‘lishi kerak. Bizning guruhdagi holatimiz yaxshi, ammo biz to‘xtab qolmasligimiz zarur», – deydi Dalot.

Eslatib o‘tamiz, «MYu» Yevropa Ligasida 2 turdan so‘ng 4 ochko jamg‘argan holda, «L» guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

  [off]
05.10

Shu oyini bilan durangga rozi

  [off]
05.10

Moyez uzi qoganida biror narsaga erishilgan bo'lar edi deb o'ylayman

  [off]
05.10

Besabr bo'lmay sulsherga imkon berish kerak. Uzi S.A.Fdan kegin Moyezga imkon bermay xato qilingan bundan kegin myu S.A.Fning myusudaqqa bo'lolmasa kerak shunga birorta murabbiyga ko'proq imkon berish kerak murabbiyla almashgani bilan mana 6yildan beri hech narsaga erishilmadi

  [off]
05.10

MY qachon oziga kelar ekan bu ketishta ortamyonadan ham tuship ketadi
7-raqamga mos futbolshi topish kerak qishki transferda
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты