Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu»ning sobiq futbolchisi: «Jamoada o‘yin chizgisi yo‘q»

18.10.2019, 07:10

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Pol Ins jamoaning ushbu mavsumdagi o‘yinlarini tanqid qildi.

«Ole-Gunnar Sulsher tanqid qilishni davom ettirmoqda. Ammo jamoaning ahvoli yaxshilanishidan darak yo‘q.

Albatta, yosh futbolchilarga vaqt ko‘proq kerak bo‘ladi. Ammo «Chelsi»ning yoshlari o‘ynashini qarang. «Liverpul»ning ham ikkita yosh himoyachisi bor, ular ham ajoyib o‘ynashmoqda.

«Yunayted» mavsumni jadvalning ikkinchi yarmida yakunlashi mumkin. Sulsherning aytishicha, jamoa ko‘p ishlamoqda. Ammo ularning futboliga qarab buni ko‘rmayapman.

«Yunayted»da o‘yin chizgisi yo‘q. Ular vaziyatlar yaratishmayapti, hatto ba’zi o‘yinlarda darvozaga zarba ham berishmayapti. Futbolchilar nima qilayotganini tushunmayapman», – deydi Ins.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.10

100 % хак

  [off]
18.10

Topa tohri
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты