Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Xarri Rednapp: «Pochettino «MYu»ga ketadigan ahmoq emas»

18.10.2019, 08:21

«Tottenxem» klubining sobiq bosh murabbiyi Xarri Rednapp londonliklarning hozirgi ustozi Maurisio Pochettino haqida fikr bildirib o‘tdi.

«U Londonning bir klubini boshqaradi, bu hayot uchun ajoyib joy. Ishonchim komil u o‘z kelajagi uchun mablag‘ to‘plamoqda, uning mashg‘ulotlar majmuasi juda ajoyib, yangi stadion va kuchli futbolchilari bor.

Unga «Tottenxem»dan boshqa qayerda bundan yaxshiroq bo‘lishi mumkin? «Liverpul»ga u hozir kerak emas, ularda Yurgen Klopp bor. Gvardiola «Manchester Siti»ni boshqaradi, ularga ham Pochettino kerak emas. Аngliya atrofida bundan yaxshiroq sharoit va stadion yo‘q.

Yaxshi, agar «Real» klubi taklif bilan kelishsa, Ispaniyaga ketishga rozi bo‘lishi mumkin. Til bo‘yicha muammolar yo‘q va Madridda yashash ham juda yaxshi. Ishonchim komil, uning rad javob berishi qiyin bo‘ladi.

Biroq bundan boshqa bir yaxshiroq taklifni ko‘rmayapman. «Manchester Yunayted»? Bo‘lishi mumkin, lekin Pochettino ahmoq emas va ularda katta qayta qurilish ishlari ketayotganini biladi.

«MYu» ushbu ishni «Everton» klubida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan Devid Moyesga topshirdi. Keyin ushbu yukni dunyoning kuchli menejeri hisoblanadigan Lui van Galga berdi, keyin deyarli hamma narsani yutgan Mourinoga yuklandi. Ularning barchasi ushbu ishni bajara olmadi.

Endi Sulsher bu bilan kurashmoqda. Pochettino ahmoq emas. U qayta tiklanish jarayoni uzoq muddat davom etishini va bir necha yillar kerak bo‘lishini biladi», – deydi Rednapp.

Manba: www.uff.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
20.10

Admin. Shu mavzuda koproq yangiliklar bolsa saytga joylang

  [off]
19.10

Rednaap sen aqilli bulganingda totenhemni sobiq murabbiyi bularmiding
a

  admin [off]
19.10

Luis Nani, Ха.

  [off]
19.10

Maur Tot bilan keluvshuga erishipti sport yangliklarda eshtip harakat qilip korsh kerak Pachetinoga

  [off]
18.10

Админ,ростми?

  [off]
18.10

Togri gapirgan achchiq haqiqat

  [off]
18.10

Allegri kelarov yana bilmadim. Sulsherga vaxt kerak.
a

  admin [off]
18.10

Mavzudan tashqari. Arab sheyxi MYuni sotib olish fikriga qaytdi.

  [off]
18.10

Aqili ahmo nmala dvoti ozi yerga urvordiyu myu tvar
Umumiy: 9

© 2023 Uzbek Reds
Контакты