Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Fergyuson Chempionlar Ligasi o‘yinini sotganlikda ayblandi

18.10.2019, 21:33

Agent Juzeppe Palyara «Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonga Chempionlar Ligasi o‘yinida kerakli natijani ta’minlash uchun pora berganini aytdi.

Futboldagi korrupsiya ishiga aloqador bo‘lgan Palyara bu haqda o‘zini jurnalist sifatida tanishtirgan, ammo huquq tartibot idoralari xodimi bo‘lgan shaxsga aytib bergan. U Fergyuson bilan Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Yuventus»ga qarshi bahsda kerakli natijani ta’minlab berish uchun kelishib olgan. Evaziga Palyara unga qiymati 30 ming yevro turadigan «Roleks» soatini sovg‘a qilgan.

Shuningdek agent Fergyusonni futbolchilar transferidan noqonuniy pul ishlab olganlikda va faqat pulni birgalikda baham ko‘radigan agentlar bilan ishlaganlikda ayblagan.

Eslatib o‘tamiz, 77 yoshli mutaxassis 1986 – 2013 yillarda «Manchester Yunayted»ning bosh murabbiyi bo‘lgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
19.10

Fergi borligida hammasi uni hurmat qilardi. Endi futboldan ketganidan keyin yomon bo'libdida. Bo'lmagan gap, Ser Aleks baribir 1

  [off]
18.10

Туфу билин

  [off]
18.10

бобо номер 1

  [off]
18.10

Ferguson baribir eng zo'ri

  [off]
18.10

ИДИ НА*УЙ ПАЛЯРА
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты