Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» Grinvud bilan yangi shartnoma imzoladi

18.10.2019, 21:50

«Manchester Yunayted» hujumchi Meyson Grinvud bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lum qildi.

Yangi bitimga ko‘ra, 18 yoshli angliyalik hujumchi 2023 yilgacha «qizil iblislar» tarkibida to‘p tepadi. Shuningdek, tomonlar shartnomani yana 1 yilga uzaytirish imkoniyatiga ega.

Bu mavsumda Grinvud barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Uning transfer qiymati 10 million yevroga baholanmoqda.

Grinvud «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Oxirgi fikrlar

  [off]
19.10

Rewvord bn grivudi tamdemini qolab koriwi kre sulwer cap qanotdan jems yordam bersa ong qanotda marsiali korse boladi

  [off]
18.10

Яхши иш булибди
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты