Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Kavani Ronaldu bilan raqobatga kirishmoqchi

19.09.2021, 20:37

Urugvaylik forvard Edinson Kavani «Manchester Yunayted»ni tark etish haqida o‘ylayotgani yo‘q.

ESPN xabariga ko‘ra, Kavani tez orada safga qaytib, asosiy tarkibdagi o‘rni uchun Krishtianu Ronaldu bilan raqobatga kirishmoqchi. 34 yoshli forvard qishki transfer oynasida ham «MYu»ni tark etishni istamayapti.

Ma’lumot uchun, Kavani avvalgi klublarida Kilian Mbappe, Neymar, Zlatan Ibragimovich bilan raqobat qilgan bo‘lsa, Urugvay milliy jamoasida Luis Suares bilan birga to‘p surib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu «MYu»ga kelgach Kavani portugaliyalik forvardga uning 7-raqamli libosini qaytarib bergandi. Edinsonning amaldagi kelishuvi 2022 yilga qadar tuzilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
20.09

SULSHERGA QIYIN BOLADI KIMNI TUSHURAY AAAAAAA GIRINVUD TUSH VAY bilet
S

  Shahzod [off]
20.09

Kavani zur urinchi bizga ancha foydasi tegadi

  [off]
19.09

Malades erkak buyerda raqobat kuchayad
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты