Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sulsher: «Ronaldu va Fernandesh birlashishi kerak»

20.09.2021, 05:46

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «Vest Xem» ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

Ushbu uchrashuvda Krishtianu Ronaldu va Jessi Lingard «Manchester Yunayted»ga g‘alaba keltirgan gollarga mualliflik qildi.

– «Bruno va Krishtianu birgalikda harakat qilishi kerak. Ronalduning statistikasi meni ajablantirmaydi, u o‘z uslubida to‘p surmoqda. Lingard uchun juda xursandman. «Yang Boyz» bilan o‘yindan keyin unga qiyin bo‘ldi, biroq bugun u hammasiga javob qaytardi», – deydi Sulsher.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» APLning 5 turidan so‘ng 13 ochko to‘plab, «Liverpul» bilan birinchi va ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Keyingi turda Sulsher shogirdlari o‘z uyida «Aston Villa» bilan kuch sinashadi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты