Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «2 ta penalti berilmadi. Umid qilamanki, «Ronalduga hech qachon penalti berilmaydi» degan qoida yo‘q»

20.09.2021, 10:09

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APL 5-turidan o‘rin olgan «Vest Hem»ga (2:1) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu futbol. Unda ko‘tarilish va pasayishlar mavjud. Shunday muhitda ishlash kerak.

Bunday o‘yinlar yurak uchun yomon, ammo shuning uchun futbol o‘ynaymiz. Ko‘zlarimizni pastga qaratdik va De Xea seyv qildi. Qo‘l bilan o‘yin uchun penalti belgilanishi to‘g‘ri. Ammo David ajoyib o‘ynadi.

Menimcha, bizga 2 ta yaqqol penalti berilmadi, hatto bahsga o‘rin yo‘q. Nima uchun Ronalduning shikoyatlariga e’tibor berilmadi. Umid qilamanki, bu «Ronalduga hech qachon penalti berilmaydi» qabilidagi holat emas.

Lingard? U seshanba kungi xatosi («Yang Boyz», 1:2) uchun uzr so‘radi. Hamma bunga hojat yo‘qligini aytdi. Bugun u maydonga chiqdi va qoyilmaqom goli bilan ajoyib javob berdi.

O‘ylashimcha, birinchi bo‘limda juda ajoyib futbol o‘ynadik, ammo yaxshiroq himoyalanishimiz kerak», – deydi Ole.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinni Martin Atkinson boshqardi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
20.09

Кеча Аткинсон М. Ю.дан очко олишга роса харакат килди лн эплолмади
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты