Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «MYu»ning sovrin uchun imkoniyati? Bugun ishimni yo‘qotishimga oz qolgandi»

20.09.2021, 16:54

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «Vest Hem»ga qarshi o‘yindan (2:1) keyin jamoaning chempionlik imkoniyati haqida berilgan savolga javob qaytardi.

«Chempionlikka imkoniyatimiz? Hozir bu savolga javob berishim qiyin. Hali endi 5-tur ortda qoldi va bugungi o‘yindan keyin ishimni yo‘qotishimga oz qolgandi. «Manchester Yunayted»da ishlaganingdan keyin shunday bo‘ladi.

Fikrimcha, g‘alabaga haqli edik va bunga erishdik. Bu 3 ochko yakunda muhim rol o‘ynashi mumkin. Sovrin uchun kurash haqida aprel va may oyida gapirish mumkin bo‘ladi», – deydi Ole.

Eslatib o‘tamiz, «MYu» seshanba kuni YeChL 1-turida «Yang Boyz»ga mag‘lubiyatga (1:2) uchragan bo‘lsa, yakshanba kuni «Vest Hem» bilan bahsda 2:1 hisobida qiyinchilik bilan zafar quchdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
20.09

Galaba muxim murabbiy ikkinchi masala

  Market_Utd [off]
20.09

Кутилишимизга сал коган экану.

  [off]
20.09

Ex yutqizmidimi tezroq ketsen
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты