Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Yo‘limizda uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlar haqida tushunchaga ega bo‘ldik». Ronaldu «Vest Hem»ga qarshi o‘yin haqida post qoldirdi

20.09.2021, 18:50

«Manchester Yunayted» forvardi Krishtianu Ronaldu «Vest Hem» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) keyin instagramda post qoldirdi.

«Premer Ligadagi har bir o‘yin – 3 ochko uchun kechadigan ajoyib kurash. Bugungi uchrashuv orqali biz yo‘limizda uchrashi mumkin bo‘lgan barcha to‘siqlar haqida tushunchaga ega bo‘ldik. Maqsadimiz sari yurishda davom etamiz. Birgalikda! Kuchliroq! Hamjihatlikda! Olg‘a, qizil iblislar!», – deya post qoldirgan portugaliyalik 36 yoshli forvard.

Eslatib o‘tamiz, «Vest Hem»ga qarshi o‘yinda Krishtianu Ronaldu ikki marta jarima maydoni ichida londonliklar himoyachilari tomonidan yiqitilgan bo‘lsa-da, uchrashuv bosh hakami Martin Atkinson ikki marta ham penalti belgilamadi. 90+3-daqiqada esa to‘p Shouning qo‘liga tekkach, Atkinson VARga murojaat qilib, yakunda De Xea qaytargan 11 metrlik nuqtani belgilagandi. Ushbu vaziyatlar munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Ronaldu «MYu»dagi dastlabki 3 o‘yinida 4 ta golga mualliflik qildi.

Mznba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты