Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» va Lingard yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

21.09.2021, 05:17

«Manchester Yunayted» hujumkor yarim himoyachi Jessi Lingard bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Klub bir nechta haftalardan buyon 28 yoshli angliyalik futbolchi va uning otasi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va birinchi taklif rad etilgan bo‘lsa ham, muvaffaqiyatga umid qilmoqda. Amaldagi shartnoma 2022 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.

«MYu» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Jessi bilan hamkorlikni uzaytirish qarorini qo‘llab-quvvatlamoqda va o‘yinchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilmoqda.

Lingard shartnomasi uzaytirilishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatida – Brunu Fernandesh, Pol Pogba va Lyuk Shou.

Xavbek APL joriy mavsum 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты