Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Pogba ketsa, «Milan» yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi

21.09.2021, 18:11

«Manchester Yunayted» jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Pol Pogba o‘rniga «Milan» yarim himoyachisi Frank Kesseni olib kelmoqchi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Ivuarlik 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda «rossoneri» safida barcha turnirlar doirasida 50 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt havbekni 50 mln yevroga baholamoqda.

Kessiening «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.

O‘z navbatida Pogbaning mankunianliklar bilan shartnomasi ham kelasi yil yozida nihoyasiga yetadi. Fransiyalik yarim himoyachi bu mavsumda APLda 5 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta golga assistentlik qildi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты