Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Dunyoning eng ko‘p daromad topadigan futbolchilari reytingida yetakchi o‘zgardi

21.09.2021, 22:13

Forbes 2021 yilning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilari reytingini e’lon qildi. Krishtianu Ronaldu 2017 yildan buyon birinchi marta ro‘yxat yetakchisi bo‘ldi.

U uch yildan buyon Lionel Messidan keyingi o‘rinda joylashayotgandi. Yangi reytingda Ronalduning yillik daromadi 125 mln dollar deb baholandi. Bundan 70 mln dollar uning maoshi, qolgan qismi reklama va boshqa shartnomalarga to‘g‘ri keladi.

Messining daromadi 110 mln dollar bo‘lib, bundan 75 mln dollarini uning maoshi tashkil qiladi, deb yozadi Forbes USA.

Reytingda uchinchi o‘rinni Neymar egalladi. Uning daromadi 95 mln dollar deb baholandi, uning maoshi 75 mln dollarni tashkil etadi.

Eng ko‘p daromad topadigan futbolchilar ro‘yxatidan shuningdek, Kilian Mbappe (43 mln dollar), Muhammad Saloh (41 mln dollar), Robert Levandovski va Andres Inesta (35 mln dollardan), Pol Pogba (34 mln dollar), Garet Beyl (32 mln dollar) va Eden Azar (29 mln dollar) o‘rin oldi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
22.09

Malades zo'rku

  [off]
22.09

Kilyan
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты