Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Marsyalga o‘ziga yangi jamoa topishni taklif qildi

22.09.2021, 10:24

«Manchester Yunayted» rahbariyati hujumchi Antoni Marsyalga klub u bilan xayrlashmoqchi ekanligini xabar qildi, deb yozadi Eurosport.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar futbolchining agentlariga mijozi uchun yangi jamoa topishni taklif qilgan. Shu bilan birga ingliz klubi 25 yoshli fransuz uchun kamida 40 mln yevro olmoqchi.

Xabar qilinishicha, hujumchining o‘zi faoliyatini APLda davom ettirishni xohlaydi.

Marsyal «MYu»ga 2015 yili «Monako»dan o‘tgan. Uning jamoa bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Hujumchi bu mavsumda APLda 4 ta bahsda maydonga tushib, birorta samarali harakatni amalga oshirmadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
22.09

Bravo bolarkanu kere baslani yoqatsa
Fredgayam wunaqa taklif qiliwi kere endi
S

  SHavkatjon [off]
22.09

BU bola ishlamay qo'ydi o'zini ustida
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты