Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Skoulz: «Ronaldudek professionalni ko‘rmaganman»

22.09.2021, 14:51

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz jamoaning sobiq havbeki Erik Kantonani hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan taqqosladi.

«Erik unga o‘xshaydi, ammo Krishtianu hamon yuqori darajada. Kantona shunchaki maydonga chiqib, mashq qilardi. U sportzalga borishni yoqtirmasdi.

Ronaldu mashg‘ulotdan avval ham, keyin ham ishlaydi. U APLda kuchli bo‘lish uchun zalga bordi. Men hech qachon u kabi professionalni ko‘rmaganman. U kun bo‘yi ishlardi, jarimalar tepishni o‘rganardi, tezligini oshirishga urinardi. U oyoqlarida og‘irlik bilan tepaliklarga yugurdi.

Ronaldu ingliz futbolchilari hech qachon ko‘rmagan narsalarni amalga oshirdi. Va bu hammasi emas. U yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun hamma narsa qildi», – deydi Skoulz.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты