Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Varan Ronaldu haqida: «U gollar urish va g‘olib chiqish uchun yaralgan»

22.09.2021, 15:13

«Manchester Yunayted» himoyachisi Rafael Varan jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikrlarini bildirdi.

«Krishtianu 36 yoshda ham ajoyib sport formada ekani tasodif emas. Buning uchun qancha mehnat qilish kerakligini tasavvur ham qila olmaysiz. U barchamizga o‘rnak. Ronaldu bilan birga ishlash, uning yonida mashg‘ulotlar o‘tkazish ham ajoyib. U gollar urish va g‘olib chiqish uchun yaratilgan. U aqlbovar qilmas professional. Ronalduning raqib emas, tarkibimizda ekani katta ustunlik», – deydi Varan.

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli portugaliyalik forvard «MYu» safidagi 3 o‘yinda 4 ta golga mualliflik qildi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты