Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Mata: «Yangi kelgan o‘yinchilar odatda jim turishadi, ammo Zlatanda bunday bo‘lmagan»

19.10.2019, 07:42

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata sobiq jamoadoshi Zlatan Ibragimovich haqida gapirdi.

«Yangi jamoaga qo‘shilganda, odatda jim turasiz. Boshlanishida ko‘proq tinglaysiz. Menda ham, boshqa yosh o‘yinchilarda ham shunday bo‘lgan. Ammo Zlatanda emas!

Menga uning o‘yini yoqadi. U o‘yinni o‘zi yutishi mumkin, buning uchun barcha sifatlarga ega. U to‘p bilan yaxshi ishlaydi.

Men bunday futbolchilar bilan o‘ynashni juda yaxshi ko‘raman. Ibragimovich – juda iqtidorli futbolchi. Unga ba’zan jarohatlar pand berib qolardi», – deydi Mata.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
19.10

Ибрани унча хушламамайман

  [off]
19.10

IBRA qaytsa zo'r bo'lardi
Hozirgi shaltaqlardan 1000marta yaxshi

  [off]
19.10

Kel ibra
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты