APL klublari joriy yozgi transferlar davrida qancha pul sarflashdi?
09.08.2019, 20:10
Dunyoga mashhur Transfermarkt portali joriy yozgi transferlar davrida APLning barcha 20 ta klubi jami qancha mablag‘ sarflaganini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, Premer Liga klublari mavsumlar oralig‘ida yangi futbolchilar sotib olish uchun jami 1,386 milliard funt (1,502 milliard yevro) sarflashgan. Biroq, bu rekord emas. APL klublari rekord xarajatlarni 2017 yilda amalga oshirishgan. O‘shanda bu ko‘rsatgich 1,455 milliard funtga (1,577 milliard yevro) etgan.
Ta’kidlash kerakki, joriy yozdagi eng qimmat transfer Garri Maguayr bo‘ldi. «Manchester Yunayted» uni «Lester» 87 mln yevroga sotib oldi. Keyingi o‘rinlarni esa «Lill»dan «Arsenal»ga ko‘chib o‘tgan Nikolya Pepe (80 mln yevro) va «Atletiko»dan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan Rodrilar (70 mln yevro) egallashdi.
Manba: www.sports.uz