Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ibragimovich Lukakuga to‘pni yaxshi qabul qilib olishni o‘rgansa, pul berishini aytgan

20.10.2019, 15:43

«Los-Anjeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibragimovich «Manchester Yunayted»da birga o‘ynagan sobiq jamoadoshi, hozirda «Inter» hujumchisi sanalgan Romelu Lukaku bilan munosabatlari haqida gapirdi.

«Romeluning asosiy quroli bu – uning kuchi. Texnik jihatdan u kuchli emas, u meni tinglashi kerak edi.

Men unga to‘pni yaxshi qabul qilib olishdagi har bir muvaffaqiyati uchun 50 funtdan taklif qildim. U agar umuman xato qilmasa, nima berishimni so‘radi. Men unga «Hech narsa, sen shunchaki futbol o‘yinchisi sifatida yaxshilanasan» deb javob berdim.

U rozi bo‘lmadi. Ko‘rinishidan, yutqazishdan qo‘rqdi.

Ammo jiddiy aytadigan bo‘lsam, Lukaku o‘z ustida jiddiy ishlamoqda. «Inter»da hammasi yaxshi bo‘lishiga aminman», – deydi Zlatan.

[Изображение удалено]

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
20.10

Дубл килиди лукаку

  [off]
20.10

Ibra Ibra

  [off]
20.10

лалаку фанпреску ёш гудаклар учун керак
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты