Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Joze: «Klopp go‘sht istadi, lekin baliq oldi»

21.10.2019, 13:10

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 9-turidan o‘rin olgan «MYu» – «Liverpul» o‘yinidan so‘ng (1:1) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Kloppga menyu yoqmadi – u go‘sht istadi, lekin baliq oldi. «Liverpul» qarshi hujumlarga imkoniyat yaratadigan raqiblarga qarshi o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Ammo «Yunayted» mavjud cheklovlar bilan boshqacha futbol o‘ynadi.

«Manchester Yunayted» 3 ta markaziy himoyachi bilan o‘ynadi va ixcham harakat qildi. «Liverpul» menyuni yoqtirmadi, ular bunday uslubdagi jamoaga qarshi o‘ynash uchun yetarlicha darajaga ega emas edilar. Shubhasiz, xursandman. Chunki «Liverpul» 2005 yili «Chelsi bilan qayd etgan 9 ta g‘alabadan iborat rekordimga yeta olmadi», – deydi Joze.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
22.10

Ha erkak erkak

  [off]
21.10

Жозе Браво

  [off]
21.10

Gapga ustasan JOZE
Jamoaga qaytsang zo'r bo'lardi
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты