Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu «Liverpul»dan qabul qilib olingan sharmandali mag‘lubiyat haqida gapirdi

25.10.2021, 15:06

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer Ligasi 9-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsdan so‘ng (0:5), o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ba’zida o‘zingiz xohlagan natijalarga erisha olmaysiz. Bu kabi natijalarga javob berishi kerak bo‘lganlar faqat biz. Bunda kimnidir ayblash noto‘g‘ri.

Muxlislarimiz yana bir marotaba har qanday vaziyatda biz bilan ekanliklarini isbotlay olishdi. Bu ishqibozlar yaxshiroq natijalarga, ajoyib g‘alabalarga loyiq. Biz shu uchun ham harakat qilishimiz kerak. G‘alabalar vaqti keldi!», – deb yozadi Ronaldu Instagram’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, «qizil iblislar» keyingi uchrashuvni APL 10-turi doirasida, 30 oktabr sanasida «Tottenhem»ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты