Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pol Skoulz: «Pogba Manchesterdan ketsa, klub nimadir yo‘qotadi, deb o‘ylamayman»

25.10.2021, 15:18

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz manchesterliklar «Liverpul»ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berganidan so‘ng, jamoa yetakchisi Pol Pogbani tanqid ostiga oldi.

«Pogba ikkinchi taym avvalida maydonga tashlandi. U jamoaga yordam berishi, ruhiy tushkunlikdan olib chiqishi va maydon markazidagi muammolarni bartaraf etishi kerak edi. Lekin u raqibga gol sovg‘a qildi.

Keyinchalik u keraksiz vaziyatdagi to‘pga tashlanish tufayli qizil kartochka ishlab oldi. Savol tug‘iladi: Sulsher bosh murabbiylikda qolsa, Pogba yana «MYu» libosida maydonga tushadimi? So‘nggi yillarda u katta tartibsizliklarga sababchi bo‘ldi. Avvalgi formasida bo‘lgan taqdirda, uni barcha murabbiylar o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. Uning qanday yuksak iqtidor egasi ekanini bilamiz-ku!

Shunga qaramay, u hamon jamoa bilan shartnoma imzolashni istamayapti. Umuman, Pogba Manchesterdan ketsa, «qizil iblislar» nimadir yo‘qotadi, deb o‘ylamayman», – deydi Skoulz.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul»ga qarshi bellashuvning ikkinchi taymi avvalida maydonga tushirilgan Pogba 14 daqiqadan so‘ng qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
25.10

Pogba yoqatishkerek

  [off]
25.10

Pogba iqtidorli lekin tarbiyasi chatoq shuning uchun ham bir yaxshi o‘ynaydi bir yomon
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты