Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «MYu» boshqaruvidagi eng yomon kunim. Bu mag‘lubiyat o‘tgan yilgi 1:6 dan ham yomonroq»

25.10.2021, 15:31

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APL 9-turidan o‘rin olgan «Liverpul» (0:5) bilan bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«So‘z topish qiyin. Ammo aytishim mumkinki, bu – jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyatimdagi eng yomon kun. Individual va jamoaviy jihatdan yetarlicha yaxshi emasdik. «Liverpul»ga bunday vaziyatlar yaratishga imkon bermaslik kerak. Afsuski, biz bunday qilmadik.

Bizda bo‘sh hududlar bor edi va ular imkoniyatlardan xotirjam foydalanishdi. Uchinchi gol o‘yin natijasini hal qildi.

Bu – mening javobgarligim. Murabbiylar shtabi zo‘r. O‘yinga yondashuvimizni aniqlayman. Vaziyatlardan unumli foydalanmadik. «Liverpul»ga avvalgi yillarda bo‘lgani kabi yuqori bosim qildik. Ammo bugun ular o‘z vaziyatlaridan foydalanishdi.

O‘tgan mavsumda «Tottenhem»ga 1:6 hisobida mag‘lub bo‘lgandik, ammo bugungi mag‘lubiyat undan ham yomonroq. Ayniqsa, men va «MYu» muxlislari uchun. Biz undan tezda qutulishimiz kerak.

Hammamiz uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. Endi taslim bo‘lishga juda yaqin turibmiz. Futbolchilar xafa bo‘lishadi, lekin bizda kuchli xarakterga ega odamlar ko‘p. Qanday xulosalar chiqarishni ko‘ramiz», – deydi Ole.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
25.10

"Yunayted" ning shanba kuni "Tottenxem" ga qarshi navbatdagi o'yini oldidan Sulsherni ishdan bo'shatishga jiddiy e'tibor qaratmoqda.

  [off]
25.10

To‘qqizta o‘yinda 15 ta go‘l o‘tqazib yuboribdi jamoa bu degani darvozabon ximoya va yarim ximoya yaxshi emas bu fakt shu bilan birga xujum chizig‘imiz ham maqtaydigan darajada emas golli vaziyat ko‘p foydalanish koifisenti kam yaratilgan imkoniyat dan maksimal darajada foydalanmasa natija yomon bo‘lishi kunday ravshan. Manchester united ni yaxshi kunlar va yorqin g‘alaba lar kutmoqda deb umid qilaman bu yil albatta sovrin yutamiz degan umiddaman. Olg‘a manchester united

  [off]
25.10

Сани мураббийлик курсисида колишинг унданда ёмонрок!

  [off]
25.10

Sulsher ket endi qolib nima qilasan o‘zi hech nimani qoyillatmading
S

  Shahzod [off]
25.10

Bezbit sulsher out
S

  Shahzod [off]
25.10

Bu odam emas ekan
a

  admin [off]
25.10

Хали бери кетмидими дейман. "Тоттенхем"га ютказишини кутамиз энди.
Umumiy: 7

© 2023 Uzbek Reds
Контакты