Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Sulsherni iste’foga chiqarishga shoshilmayapti. Konte muzokaralarga ochiq

25.10.2021, 20:30

«Manchester Yunayted» APL 9-turi doirasida azaliy raqibi «Liverpul»ga yirik hisobda mag‘lubiyatga (0:5) uchragan bo‘lsa-da, klub rahbariyati bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqarishga shoshilmayapti.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, sharmandali mag‘lubiyatga qaramay, kecha tunda klub rahbariyati shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgani yo‘q. Klub rahbariyati Sulsherning keyingi taqdiri haqida o‘zaro maslahatlashishgan, yaqin 24 soat ichida bosh murabbiy masalasida qarorga kelinishi kutilmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, bir qator murabbiylar «MYu»da ish boshlashga tayyor. Shu jumladan, hozirda ishsiz bo‘lgan Antonio Konte ham manchesterliklar bilan muzokara o‘tkazishga ochiq.

Avvalroq, «MYu» Sulsherni iste’foga chiqargan taqdirda, Ronalduning tavsiyasi bilan Zineddin Zidanni taklif etishni o‘ylayotgani haqida xabar berilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
26.10

Sulsherga shuncha imkon berildi har kimdan uchraganda ham liverdan yana 5:0 ga yemaslik kerak edi

  [off]
25.10

Sulsher uchun eshiklarimiz ochiq iltimos hamma eski fudbolchiling davri uchun rahmat endi bu eshigdan chiqib ket o'zing bilan Fred ukeniyam qo'shvol

  [off]
25.10

Cante keladi korasla sulwerga yana bitta imkon beradi bersa boldi yutsayam yutkazsayam ketadi
S

  Shahzod [off]
25.10

Sulsherni xaydash kerak muzokoralargacha vaxtincha trener quysa xam mayli edj
S

  Shahzod [off]
25.10

Sulsher out

  Ruud Van Nistelrooy [off]
25.10

Konte eng maqul variant menimcha chempion murabbiy qayerda ishlasa chempion bulgan

  BeK_UniTeD [off]
25.10

Kim kesayam dabba sulwer ketsa boldi yana qancha chidaw mumkin bunaqa holatga odam bowqa club fanatlarini oldida bow kotaromi qoldi zb uje

  [off]
25.10

Зидан яхши манимча,яна хам АЛЛОХ билгувчи,
Umumiy: 8

© 2023 Uzbek Reds
Контакты