Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Nevill: «Konte – «Manchester Yunayted»ga mos murabbiy emas»

26.10.2021, 00:13

«Manchester Yunayted» sobiq sardori Gari Nevillning fikricha, Ole-Gunnar Sulsher klubdagi faoliyatini davom ettirishi kerak.

«MYu»ning «Liverpul» bilan o‘yinda uchralgan mag‘lubiyatidan (0:5) keyin Sulsher iste’foga chiqarilishi va uning o‘rniga Antonio Konte taklif etilishi borasidagi xabarlar ortidan Nevill italiyalik murabbiy klubga mos emasligini aytib o‘tdi.

«Klub yangi bosh murabbiy chaqirmasa kerak. Ular Sulsherga imkoniyat berib, shu mavsumda sovrin yutishga intilishadi. «Liverpul» bilan bahsda istalgan klub mana shunday jiddiy zarbaga uchrashi mumkin edi.

Joze Mourino jahonning eng yaxshi murabbiyi sifatida bu jamoaga qarshi o‘yinda hech narsa qila olmagandi. Shaxsan men Konteni «Yunayted»ga taklif qilmagan bo‘lardim, u va uning ish uslubi jamoaga mos kelmaydi. Balki xato o‘ylayotgandirman, ammo bu mening fikrim. Sulsherning iste’foga chiqarilishi noto‘g‘ri bo‘ladi», – deydi Nevill.

Avvalroq, Nevill «MYu» Sulsher qo‘l ostida chempionlik uchun kurasha olmasligini aytgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
26.10

Shu nevil miyasi bilan kelishmaydimi deyman.Oʻzini gapiga oʻzi qarshi gapiradi dalban
S

  Shahzod [off]
26.10

Seni toming ketgan nevil gapingni tayini yuq
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты