Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Sulsherni «Tottenhem» bilan o‘yingacha iste’foga chiqarmoqchi

26.10.2021, 00:15

«Liverpul»ga qarshi o‘yin (0:5) Ole-Gunnar Sulsherning «Manchester Yunayted»dagi so‘nggi uchrashuviga aylanishi mumkin.

Manchester Evening News nashri xabariga ko‘ra, klub rahbariyati norvegliyalik murabbiyni iste’foga chiqarish haqida jiddiy bosh qotirmoqda. Sulsher APL 10-turidagi «Tottenhem»ga qarshi o‘yindan avval iste’foga chiqarilishi mumkin.

«Yunayted» so‘nggi 9 o‘yindan 5 tasida mag‘lubiyatga uchradi. Klub APLda ketma-ket 4 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti.

«MYu» so‘nggi turda o‘z tarixida ilk marta muxlislari qarshisida «Liverpul»ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, «Yunayted» iyul oyida Sulsher bilan uch yillik shartnoma imzolagandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Doniyor xiva [off]
26.10

Tarkib zor bowqa jamoalar Havas qilgudek lekin sulweram frenk lemporddek ketkiziw kerak hurmat bilan

  [off]
26.10

Sulsher Myu darajasidagi murabbiy emas

  [off]
26.10

Myuga yangi qon kerak. qiziqqon murabbiy kk.

  [off]
26.10

Sulsher bilan oramizda hich kim hamsuhbat bo’magan manimcha ichimizda lekin tashqi ko’rinishidan juda og’ir vazmin birovga qattiq gapiromidigan odamdey tuyuladi va tabiiyki fudbolchila bilanam shunaqa yumshoq muomalada bo’ladi yutkizsayam yutsayam bashara bir hil unda qatiyat bir keskin qarorla o’yinchilani ratatsiya qilish ulani duhini ko’tarish kabi narsala yoq u m.yu uchun fudbolchilik faliyatida juda zo’r ishla qigan ammo lelkin biroq hozi zamonaviy fudbolda buyuk jamoalaga buyuk murabbiyla kere dib o’yliman Sulsherga m.yu ni yuki og’irlik qildi u ichki muhitni to’ri boshqaromadi i mana natijasi hozi jamoamiz tarkibi siti liverpul chelsea dan judayam pas dib hich kim aytomasa kere kimmi so’rasa oberdi mayli bitta Rayssi omagandur lekin u kegandayam bir keskin burilish qilishi qiyiniydi bitta narsa Fergusson m.yu ga kegan paytidigi Premer liga bilan hozirgi Anglya premer ligasi o’rtasida judayam katta farq bor Sulsher hammasi uchun rahmat lekin endi m.yu ni o’sishi o’ziga kelib nimadir yutishi uchun ketkaning maqul va bu habar tezro chiqsa hursand bo’lardik

  [off]
26.10

Ketaqolsangchi endi. O'zing yozgin arizangni. Qo'lingdan kelgani shu ekan. Shunisigayam rahmat
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты