Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu»ning ayrim o‘yinchilari Sulsher va uning shtabiga ishonmayapti

26.10.2021, 19:05

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher atrofidagi vaziyat noaniqligicha qolmoqda.

Goal’ning yozishicha, jamoaning ba’zi futbolchilari klub rahbariyati va murabbiylar shtabiga ishonchni yo‘qotmoqda.

Umuman olganda, «Yunayted» futbolchilari yomon natijalar seriyasiga qaramay, Sulsher tomonda. Ammo ba’zi o‘yinchilar murabbiy va uning shtabi inqirozni yengib, Premer Liga jadvalida vaziyatni o‘nglay olishiga shubha qilishmoqda.

«Liverpul»dan (0:5) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Sulsher taktika tanlashda yomon, degan fikr hukmronlik qila boshladi.

Avvalroq norvegiyalik mutaxassis APLning 10-turidan o‘rin olgan «Tottenhem»ga qarshi o‘yin oldidan iste’foga chiqarilishi xabar qilingandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
26.10

Kelasi 3 ta o’yinda kayfiyatti ko’tarib yutiberarkan o’tkan yili undan battaram bo’ganakan bundanam battar bo’sa keyin ketadi 9:o li kutamizov endi

  [off]
26.10

Yo qoladigan bo’pti bu odam
S

  Shahzod [off]
26.10

Umid qilamiz tot bilan uyinga boshqa trener olib chiqadi jamoamizni
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты