Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Venger Ronalduning «MYu»dagi vaziyati haqida gapirdi

26.10.2021, 19:09

FIFAning futbolni global rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan sobiq murabbiy Arsen Venger «Liverpul»ga uchralgan mag‘lubiyatdan (0:5) keyin Krishtianu Ronalduning «MYu»dagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

– «Ronalduning «Yunayted»ga qaytarilganini xato qaror bo‘ldi, demagan bo‘lardim. U fantastik futbolchi bo‘lganini unutmaslik kerak.

Krishtianu hali jamoa uchun muhim gollar kiritishiga ishonchim komil. Ammo u yuqori bosimda o‘tadigan har bir bahsda ketma-ket bu ishni takrorlay oladimi? Bugun hammasi avvalgidek emas, ammo yana bir narsani unutmaylikki, Ronaldu uch kun avval Chempionlar ligasida qahramon bo‘lgandi.

Ronaldu darajasidagi o‘yinchini klubga taklif etganingizdan keyin jamoada balansni saqlash muhim jihat sanaladi. Ronaldu siz uchun o‘yinni yutib berishi mumkin, ammo tarkibda o‘ynash uchun uning atrofida balansni to‘g‘ri taqsimlashingiz shart», – deydi «Arsenal» sobiq ustozi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu «MYu»ga qaytgach, APL va YeChLda jami 9 o‘yinda 6 ta golga mualliflik qildi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
26.10

Sulwerdi faqat va faqat ferguson uwab qolyapti klubda bunu oldinam etgandim yana wu fikrimdaman ferguson himoya qilyapti bu lattani

  [off]
26.10

"МЮ"нинг афсонавий мураббийи Сер Алекс Фергюсон клубнинг Каррингтондаги машғулотлар майдонига ташриф буюрган. Бу ҳақда "Manchester Evening News" хабар қилди.

Унга кўра, Фергюсон мавжуд вазиятни юмшатиш ва Сульшерни шахсан ҳимоясига олгани етиб келган. "Ливерпуль"га шармандали мағлубиятдан кейин Сульшерга нисбатан босим кескин ортиб кетган эди. Унинг клубдаги келажаги сўроқ остида қолганлиги ҳақида ҳам хабарлар тарқатилганди.

Аммо энг сўнгги берилган маълумотда унинг клубда қолиши айтилади. Аввалроқ "МЮ" раҳбарияти Антонио Конте билан боғланганлиги ҳақида хабар қилинганди.

  [off]
26.10

Фабрицио рамано инстаграмдан
S

  Shahzod [off]
26.10

Bu malumotni qayirdan oldiz?

  [off]
26.10

САФ стадионга келибди сулшерни олдини олиб болларни кутига калампир тикиб кетибди 3 та уйинга коладиган булди ман антеналарни сугуриб ташладим энди мишики кетса кейин кураман уйинларни
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты