Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Sulsherga uch o‘yinga imkoniyat beradi. Natija o‘zgarmasa Konte taklif qilinadi

27.10.2021, 19:55

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa natijalari yaqin uchta o‘yinda o‘zgarmasa, tez orada murabbiylar shtabida katta o‘zgarishlarga qo‘l uradi.

Football Italia xabariga ko‘ra, rahbariyat «Tottenhem» (30 oktabr), «Atalanta» (2 noyabr) va «Manchester Siti»ga (6 noyabr)ga qarshi o‘yinlarda Sulsherga so‘nggi imkoniyatni berishga qaror qilgan. Shunda ham ser Aleks Fergyuson, Devid Gill va klub ijrochi-direktori Ed Vudvordning norvegiyalik mutaxassisga imkoniyat berish fikri inobatga olingan.

Norvegiyalik murabbiy jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib keta olmasa, klub rahbariyati Sulsher bilan birga uning murabbiylar shtabidagi yordamchilarini ham iste’foga chiqarmoqchi. Ole-Gunnarning o‘rniga Antonio Konte taklif etilishi kutilmoqda.

Avvalroq, klub dushanba va seshanba kunlari italiyalik murabbiy bilan aloqaga chiqqani, Konte hozirgi tarkib bilan Manchesterda ishlashga tayyorligini bildirgani haqida xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, APL 9-turidan keyin «MYu» turnir jadvalida 14 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Klub Premer Liga doirasidagi so‘nggi 4 o‘yinda bor yo‘g‘i bir ochko oldi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
28.10

3 ta o'yindan k.n xaydab nima qiladi vaziyatni battar ogirlashtirib unda kech boladi

  [off]
28.10

Хеч Канака Саф келиб имкон Беринглар деб сурамабди, Каррингтонга келиб.проста янги костюм рекламасига келган экан,тотдан кейин ГУДБАЙ Оле

  [off]
28.10

Ana barselona imkon bermasdan istefoga chiqardi kumanni
Bizikila wuncha warmanda bosayam 2 ta 3 uyin dib yuribti lattala

  [off]
28.10

Togri hamma ham katta maosh talab qiladi.

  [off]
28.10

Ronaldu ham kisman muhitni buzdi

  [off]
27.10

Muhit buzilgan yahshisi ketishi kerak.
S

  Shahzod [off]
27.10

Umuman imkoniyat bermaslik kerak baribir rasvo qiladi sulsher
Umumiy: 7

© 2023 Uzbek Reds
Контакты