Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pogba diskvalifikatsiya sababli «MYu»ga uchta o‘yinda yordam bera olmaydi

28.10.2021, 08:52

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, fransiyalik yarim himoyachi APL doirasidagi «Liverpul»ga (0:5) qarshi o‘yindagi chetlatilish tufayli uchta o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur. Pol Premer Liga doirasidagi «Tottenhem», «Manchester Siti» va «Uotford»ga qarshi bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Pogba «Liverpul»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, dastlab gol bilan yakunlangan xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 14 daqiqa o‘tib Nabi Keytaga nisbatan qo‘polligi uchun maydondan chetlatildi.

Ma’lumot uchun, Pogbaning «MYu» bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga yetadi. Pol joriy mavsum APLda 9 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta assistga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
29.10

Mana nima sabab Mour zaxiraga tuqqan buni
Vashe parod qiladi bu

  [off]
28.10

Yoqatishkerek polni
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты