Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Fergyuson «MYu»ga yangi murabbiy qidirishda qatnashmayapti

24.11.2021, 12:17

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson Ole-Gunnar Sulsher iste’foga chiqarilganidan keyin yangi murabbiy qidirishda qatnashmayapti.

ESPN’ning yozishicha, shotlandiyalik 79 yoshli afsona nomzodlar muhokamasida qatnashmaydi va klubning yakuniy qaroriga ta’sir ko‘rsatmaydi. Sport direktori Jon Merto va texnik direktor Darren Fletcher murabbiylikka nomzodlarni aniqlashga mas’uldirlar.

Keyin ular nomzodlar ro‘yxatini vitse-prezident Ed Vudvord va bosh direktor Richard Arnoldga taqdim etishadi. Yakuniy qarorni esa Joel Gleyzer qabul qiladi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
24.11

Керрик ёмон эмас реаксия бериб турди кеча .Флетчер хам озини жуда яхши тутди.Лекин барибир яхши топ мураббий керак.
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты