Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Kerrik: «Chiroyli futbol ko‘rsatish uchun emas, g‘alaba maqsadida kelgandik»

24.11.2021, 12:29

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Maykl Kerrik YeChL 5-turi doirasida «Vilyarreal» (2:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

G‘alabadan so‘ng ingliz klubi 10 ochko bilan muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Bu yerga g‘alaba qozonish uchun kelgandik. Buni amalga oshirishimizga ishonardim. Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Qiyin raqib.

Bu yerga kelib, chiroyli futbol ko‘rsatamiz, deb umid qilmagandik. Agar jamoada ketma-ket yomon natijalar kuzatilsa va o‘yinchilar individual hamda jamoaviy formada bo‘lmasa, ishlarni yo‘lga qo‘yish oson emas. G‘alabada zaxira kuchi katta ta’sir ko‘rsatdi», – deydi Kerrik.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
S

  Shahzod [off]
24.11

Kerrik xaqiyqiy jamoa matori edi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты