Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu «MYu»ning Ispaniyadagi g‘alabasi va YeChL pley-off bosqichiga yo‘llanma olgani haqida gapirdi

24.11.2021, 15:44

Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-turida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda gol urgan «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ispaniyada o‘ynash har doim ajoyib bo‘lgan. G‘alaba qozonish ham juda yoqimli his. O‘zimni har doim o‘zgacha his qilgan joyimda gol urganimdan xursandman.

Yigitlarni ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz. G‘olib bo‘lganimiz evaziga qayerda bo‘lishimiz lozim bo‘lsa, o‘sha joyga chiqib oldik! Biz «Manchester Yunayted»miz va klubimiz uchun kurashni hech qachon to‘xtatmaymiz! Olg‘a, «iblislar!», – deydi Ronaldu o‘zining Instagram sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Sulsher iste’fosidan keyingi ushbu bahsda «qizil iblislar» Ronaldu va Sanchoning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada, ochkolari sonini 10 taga yetkazib, muddatdan avval 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘llanma oldi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
25.11

Шу йилги!

  Nodir [off]
24.11

Ўтган йилги мағлубият аламини олди
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты