Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Manchini «MYu» taklifini rad etdi

24.11.2021, 15:58

«Manchester Yunayted» klubi Ole-Gunnar Sulsher iste’foga chiqarilgandan so‘ng yangi murabbiy izlashda davom etmoqda.

Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning yozishicha, mankunianlar Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini bilan bog‘langan. Ma’lum bo‘lishicha, «Manchester Siti» sobiq ustozi Italiya milliy jamoasi bilan JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi shart ekanini aytib, «qizil iblislar» taklifini rad etgan.

Bungacha, «Manchester Yunayted» «Real» sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan variantidan ham voz kechgani ma’lum bo‘lgan.

Avvalroq, klubning Pochettino bilan muzokara o‘tkazayotgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekani borasida xabar berilgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
24.11

Манчинини таклиф килинганини у́киганим йу́к спискадаям йу́к эди хайронман качон таклиф килиндию у рад этди.

  [off]
24.11

Qayerdagi lupitigi kabilar noz qilsa ya

  [off]
24.11

Belgiyan murabiy basm shu

  [off]
24.11

Yaxshi bulardi kuchli murabbiy sovrinlar klubda xam termada xam yutgan
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты