Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» bosh murabbiylikka Unai Emerini taklif etmoqchi

24.11.2021, 21:52

«Manchester Yunayted» klubi Ole-Gunnar Sulsher iste’foga chiqarilgandan so‘ng yangi murabbiy izlashda davom etmoqda.

Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning xabariga ko‘ra, bu lavozimga nomzodlardan biri amaldagi Yevropa Ligasi g‘olibi, «Vilyarreal» bosh murabbiyi Unai Emeri hisoblanadi. Hozirda mankunianlar «Arsenal» sobiq ustozi bilan bog‘lanishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shuningdek, klub murabbiyligiga da’vogarlar orasida «Sevilya» ustozi Xulen Lopetegi, PSJ murabbiyi Maurisio Pochettino va «Lester» bosh murabbiyi Brendan Rojers ham bor.

Avvalroq, Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchinining «MYu» taklifini rad etgani borasida xabar berilgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
25.11

Vudvord ketsh kerak

  [off]
25.11

Manimcha yozda taklif qilish kerak ungacha kerik boshqarsin yozda varyant ko'payad yang direktor bolish mumkun

  [off]
24.11

Зидан ПСЖга хам рад жавобини берибди. У аник Франция термасини хохламокда.
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты