Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Roma» sobiq bosh murabbiyi «MYu»ni boshqarish uchun nomzodlar qatorida

25.11.2021, 05:13

«Lion» va «Roma» klubi sobiq bosh murabbiyi Rudi Garsiya «Manchester Yunayted» klubi e’tiborini tortgan.

L’Equipe xabariga ko‘ra, «MYu» rahbariyati fransiyalik mutaxassisni jamoani boshqarish uchun nomzodlar qatorida ko‘rmoqda. Klub vakillari Garsiya bilan aloqaga chiqqan. Qayd etilishicha, manchesterliklar mavsum yakuniga qadar jamoani boshqaradigan murabbiy qidirishmoqda.

Garsiyaning ingliz tilida yaxshi so‘zlasha olishi ham uning nomzodi imkoniyatlarini oshiradi.

Ushbu murabbiydan tashqari, «MYu» mavsum yakuniga qadar boshqarish uchun Lyusen Favr, Ernesto Valverde, Paulo Fonseke va Ralfu Rangnik singari murabbiylar bilan ham qiziqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Garsiya «Lion», «Marsel», «Roma» va «Lill» klublarini boshqargan. U o‘tgan mavsum yakunida «Lion»ni tark etib, hozircha ishsiz sanaladi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
25.11

Рангник тактик мураббий ошо зор вариант
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты