Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu», «Barsa», «Yuventus» va «Roma» Zakariya uchun kurashmoqda

26.11.2021, 23:45

Menxengladbaxning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Denis Zakariya mavsum yakunida Bundesligani tark etishi kutilmoqda.

Shveysariya milliy jamoasining 25 yoshli futbolchisi klubi bilan kelishuvni uzaytirishni rad etdi. 2022 yilning yozida erkin agentga aylanadigan futbolchi takliflarni ko‘rib chiqmoqda.

Bild xabariga ko‘ra, Zakariya uchun «Manchester Yunayted», «Barselona», «Yuventus» va «Roma» klublari kurash olib boradi. Ushbu jamoalar erkin agentga aylanadigan 25 yoshli o‘yinchiga qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Denis Bundesliga joriy mavsumida 10 ta o‘yinda 2 ta gol va bitta assistga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты