Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Chelsi»ning ikki o‘yinchisi «MYu»ga qarshi o‘yinda yordam bera olmaydi

26.11.2021, 23:49

Angliya Premer Ligasi 13-turi doirasidagi markaziy uchrashuv «Chelsi» hamda «Manchester Yunayted» o‘rtasida kechadi.

Yakshanba kuni Londonda o‘tadigan o‘yin oldidan «Chelsi» tarkibida ikkita yo‘qotish mavjud. «Aristokratlar» ustozi Tomas Tuxel «Yunayted»ga qarshi o‘yinda yarim himoyachi Ngolo Kante va himoyachi Ben Chiluell jamoaga yordam bera olmasligini tasdiqladi.

Qayd etish joiz, «MYu»da ham yo‘qotishlar mavjud. Harri Maguayr o‘tgan turdagi qizil kartochka sababli bu bahsni o‘tkazib yuborsa, Rafael Varan, Pol Pogba jarohat sababli o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq. Edinson Kavanining maydonga qaytishi esa so‘roq ostida.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» – «MYu» uchrashuvi 28 noyabr, yakshanba kuni soat 21:30 da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты