Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Rangnik Angliyaga yetib keldi. U «MYu»da ish boshlashga tayyor

27.11.2021, 00:01

«Lokomotiv» klubining sport va rivojlanish bo‘yicha rahbari Ralf Rangnik Rossiyadan Angliyaga yetib keldi.

Chempionat.com xabariga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis «Manchester Yunayted» rahbariyati bilan muzokara o‘tkazish uchun yetib kelgan. Rangnik «MYu»ni boshqarishga tayyor. «Lokomotiv» nemis mutaxassisini tovon pulisiz ingliz klubiga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan. Qayd etilishicha, Moskva klubi tez orada Rangnik «Manchester Yunayted»ga o‘tayotganini e’lon qilishi kutilmoqda.

Avvalroq, ingliz nashrlari «MYu» rahbariyati Rangnikni yil oxirigacha vaqtinchalik murabbiy lavozimiga tayinlash masalasida kelishuvga erishgani haqida e’lon qilgandi. U keyinchalik «MYu»da maslahatchi sifatida qolishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, «MYu» navbatdagi bahsni 28 noyabr, yakshanba kuni «Chelsi»ga qarshi o‘tkazadi. Shu kuni jamoa Maykl Kerrik murabbiyligida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты