Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Klopp Rangnik haqida: «Angliyaga ajoyib murabbiy kelmoqda, afsuski «MYu»ga. Bu boshqa klublar uchun yaxshi xabar emas»

27.11.2021, 00:13

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Ralf Rangnikning tez orada «Manchester Yunayted» bosh murabbiyiga aylanishi haqida to‘xtaldi.

«Angliyaga ajoyib murabbiy kelmoqda, afsuski «Manchester Yunayted»ga. Chindanam u juda tajribali mutaxassis, ikki klub – «Hoffenhaym» va «Leypsig»ni yo‘qdan bor qildi. U har doim menejer bo‘lishni istagan.

«Manchester Yunayted» maydonda yanada tartibli jamoaga aylanadi. Shunisi aniqki, bu boshqa klublar uchun yaxshi xabar emas.

Hamma murabbiyga ham o‘z qarashlarini singdirish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Ammo Ralfga oson bo‘lmaydi, buni to‘g‘ri tushunib turgan bo‘lsa kerak. Chunki bu yerda o‘yindan-o‘yingacha ko‘p vaqt bo‘lmaydi.

Uni ajoyib murabbiy va yaxshi inson deb bilaman. Uning tayinlovi amalga oshsa, Angliyaga xush kelibsan, deb qolaman», – deydi Klopp.

Avvalroq, ingliz nashrlari «MYu» rahbariyati Rangnikni yil oxirigacha vaqtinchalik murabbiy lavozimiga tayinlash masalasida kelishuvga erishgani haqida e’lon qilgandi. U keyinchalik «MYu»da maslahatchi sifatida qolishi aytilgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты