Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» va «Lokomotiv» Rangnik masalasida kelishuvga erishdi

27.11.2021, 00:17

«Manchester Yunayted» klubi tez orada Ralf Rangnikni bosh murabbiy deb e’lon qilishi kutilmoqda.

Sky Sports xabariga ko‘ra, «MYu» va Moskvaning «Lokomotiv» klubi germaniyalik mutaxassisning «Yunayted»ga o‘tishi masalasida kelishuvga erishgan. Rangnik mavsum yakuniga qadar jamoani boshqaradi.

Kelishuvda nemis mutaxassisining yarim yillik faoliyatidan keyin jamoada maslahatchi sifatida ishlashi belgilangan.

Qayd etilishicha, ushbu murabbiy tanlovi va uni tayinlash qaroriga kelishda «MYu» sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson ishtirok etmagan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.11

klop qoryaptimi deme nimadur bor

  [off]
27.11

Kegan bo'sa ishga omat
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты