Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Kerrik: «G‘alabani boy berganimizdan xafaman. Maksimal natija uchun harakat qildik»

29.11.2021, 11:03

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Maykl Kerrik APL 13-turidan o‘rin olgan «Chelsi»ga (1:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Rostini aytsam, xafa bo‘ldim. Hisobda oldinda bora turib, g‘alabani boy bersangiz, jahlingiz chiqadi.

Og‘ir haftani yaxshi o‘tkazgan futbolchilar bilan faxrlanaman. Qiyin ahvoldamiz, ammo maksimal natijaga erishishga harakat qildik.

G‘alaba qozonish uchun kelgandik. Shuning uchun yolg‘on gapirmayman – biroz g‘azabdaman. Menimcha, hakam darvozamizga penalti belgilamasligi kerak edi.

«Chelsi»da juda ko‘p zarbalar bo‘ldi, De Xea ikki marta qutqardi. O‘yindan oldin buni kutgandik. O‘ylashimcha, yaxshi himoyalandik. Yigitlarni ayblashga asos yo‘q. Stadionni g‘azabda tark etayotganimiz yaxshi belgidir.

Bugungi o‘yinga Rangnikning ta’siri? Yo‘q, bu haqiqat emas. Hatto u haqida xabarim yo‘q», – deydi Kerrik.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
29.11

Matic yoki vande bek boshqacha oynar edi menimcha bu xolatda

  [off]
29.11

O'yinda myu topni juda tez yoqotdi. Chelsi pressingni yaxshi qildi. Fredda kreativlik yoqligi bilindi ohirgi lahzada
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты