Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» forvardi «Barselona»ga o‘tishi mumkin

29.11.2021, 16:21

«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Fransiyalik 25 yoshli hujumchini «Barselona» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Qayd etilishicha, Kataloniya klubi «Manchester Siti» hujumchisi Ferran Torresni o‘z safiga qo‘shib ololmasa, bor e’tiborini aynan Marsyalga qaratadi. Xavi fransiyalik hujumchi u joriy etmoqchi bo‘lgan o‘yin uslubiga mos tushishi haqida klub rahbariyatiga ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Antoni APL joriy mavsumida 6 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan.

Avvalroq, «Barsa» qishki transfer oynasida «Yunayted»ning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavanini taklif etmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты