Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Tuxel: «Ilk daqiqalardan o‘yinni boshqardik. Ikkala jamoa uchun bittadan gol urdik»

29.11.2021, 16:27

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel APL 13-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» (1:1) bilan bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Afsuski, biz bilan ikkinchi marta shunday bo‘ldi. «Byornli»ga qarshi bahsda ham ustunlik qilib, g‘alaba qozona olmagandik. O‘yinimizdan to‘liq qoniqdim. Birinchi daqiqalardan ustunlik qildik, tajovuzkor va to‘xtovsiz hujumga o‘tdik. Afsuski, ikkala jamoa uchun bittadan gol urdik (Jorjinoning xatosidan so‘ng «MYu» to‘p kiritdi).

Ryudiger yaxshi daqiqalarni o‘tkazdi. Agar gol urganida, fantastik o‘yinning ajoyib yakuni bo‘lardi.

Juda intizomli va e’tiborli edik. Ko‘rganlarimdan mamnunman. Natijaga kafolat bera olmaymiz. Ammo shunday o‘ynasak, yaxshi natijaga erishish imkoniyati oshaveradi», – deydi Tuxel.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
29.11

Xa lekin yaxshi tarbiya olsa Carrik xam yaxshi murabbiy boladi shekil. Yomon oyin bolmadi. Togri zor oynamadi myu no vaziyatdan kelib chiqib natija un oynadi. SAF ham bazida 1:0 un ham oynardi!!!

  Nodir [off]
29.11

Тўғри Челсе яхши ўйнади лекин ғалабага М. Ю. яқин келди охирги Фред бн бўлган вазиятдан професионал футболчиларни кўпи фойдаланарди

  [off]
29.11

churka bizikila sanlaga vanbissaka vora berdiku chemo'

  [off]
29.11

Оп коча оп коч сал колдику тутканогинг тутиб колишига.
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты